O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilmoqda
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
Mazkur Markaz tomonidan xalqaro texnik talab va standartlarga to‘liq javob beradigan “LOCHIN” nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlash o‘rinliki, ikki hil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda o‘zlashtirildi va yo‘lga qo‘yildi.
Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yig‘ish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur yig‘uv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi. Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tomonidan Markazni yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlarda stajirovkasini tashkil etish va malakasini oshirish yo‘li orqali uchuvchisiz aviatsiya sohasidagi mutaxassis kadrlar bilan butlash amalga oshirilmoqda.
Milliy brend ostida i
48 views
0
0
3 years ago 00:00:49 48
O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilmoqda