“Samarqand nonidan baraka topganlar...“ @migrantuzb

- o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Samarqand shahri. Galaosiyo mahallasi. Tun bo‘lishiga qaramay, Samadovlar oilasida ish qizg‘in. Oilaning ayollari xushxo‘r va mazali Samarqand noniga hamir qormoqda. Tuni bilan ko‘pchigan hamirdan tong saharda zuvalalar kesib olinadi va non shaklida yoyiladi, so‘ng o‘tinda qizdirilgan tandirga yopiladi... Kubarro opa Akobirovaga novvoylik qo‘shimcha hunar bo‘lgan. Farzandlariga bu kasbning sir-asrorlarini bolalikdan o‘rgatgan.. “O‘zim 13-14 yoshlarimda non yopishni boshlaganman. Keyincha buni bolalarimga o‘rgatdim. Hozir asosiy daromad manbai shu hunar. Kuniga 120-140 ta nonni xalqimiz dasturxoniga yopamiz. Shukr, shu hunar ortidan uy qildik, bolalarni o‘ylab-joyladik, tirikchilik shu kasb ortidan. “, deydi Kubarro Akobirova. “Non yopishni akamdan o‘rganganman. Oilaviy novvoylik bilan shug‘ullanamiz. Hammaning o‘z ishi bor. Issiq nonlar bozorga chiqquncha 12-13 soat vaqt ketadi. Nonlarimiz 1 kg 600 gramm atrofida. Eng og‘iri 3 non, ularni asosan to‘y-tadbirlarga buyurtma qilishadi. Har bir jarayonga alohida e’tibor, nonga mehr berish kerak, shunda shirin bo‘ladi“, deydi novvoy Shavkat Samadov... Telegram 👉 (@migrantuz) TikTok 👉 @migrantuzb Instagram 👉 (@migrantuzb) YouTube 👉 @migrantuzb Facebook 👉 Одноклассники 👉 ВКонтакте 👉 Rasmiy veb-sayt: MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот #патент #регистрация #migrant
Back to Top