O’tkir gemorroyning 3 og’irlik darajasi farqlanadi:
1. Tashqi gemorroidal tugunlar unchalik katta emas, zich-elastik
konsistentsiyali, paypaslaganda og’riqli; anal teshik atrofi biroz qizargan,
bemorlar, ayniqsa, defekatsiya vaqtida kuchayadigan kuyish, qichishish hissiga shikoyat qiladilar.
2. Anal teshik atrofi keskin shishgan, qizargan, anal teshik sohasida,
ayniqsa, yurganda va o’tirganda kuchayuvchi kuchli og’riq, paypaslaganda va
barmoq bilan ko’rganda og’riq kuchli bo’lishi.
3. Anal teshigi atrofi sohasi yallig’lanish infiltratiga aylangan,
paypaslaganda kuchli og’riq xissi, orqa chiqaruv teshigi sohasida ko’kimtirqizg’ish tusli, fibrin bilan qoplangan ichki gemorroidal tugunlar kuzatiladi; davo choralari ko’rilmaganda tugunlar nekrozi,oqibatda shilliq qavati yaraga aylanib, o’tkir paraproktit rivojlanishi mumkin.
Подписывайтесь на нас в соцсетях:
Фейсбук:
Телеграм канал:
Телеграм группа (для