Oltmish ikki oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil qilingan.
U butun payg’ambarlar tarixida yagona bo’lgan mislsiz mo’jiza — Muhammad alayhis-salomning Me’rojga chiqishlarini va u dargohdagi aqlu shuurni lol qilguvchi manzarani tasvirlash bilan boshlanadi.
So’ngra mushriklar o’z qo’llari bilan yasashib, keyin o’zlaricha turli nomlar bilan atab olishib sig’inadigan but va sanamlari hech kimga hech qanday foyda ham ziyon ham yetkaza olmaydigan imkonsiz maxluqlar ekanligi uqtiriladi.
Bu surada yana har bir inson oxiratda faqat o’zi qilib o’tgan amallari bilan jazolanishi, o’zgalar uning gunohlarini o’z yelkalariga ololmaganlari kabi, unga o’zlarining savdolaridan ham bera olmasliklari ayricha ta’kidlanadi.
Sura etagida esa o’tmishda kufru isyon bilan o’tgan qavmlarning qanday halokatlarga duchor bo’lganliklari eslatilib, barcha insonlarni yolg’iz Allohgagina ibodat qilishga da’vat etiladi.
Sura o’zining ilk oti nomi bilan «Van-Najm» — «Yulduzga qasam» deb atalgandir.