So‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi!

So‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi! Bugun UzAuto Motors Asaka zavodi konveyeridan 487 104 chi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi. U tarixda so‘nggi Lacetti (Gentra) bo‘lib muhrlandi. 2013-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan Chevrolet Lacetti ilk yillarda 11 222 dona ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 89 565 donaga yetdi. Oʻtgan 10 yil davomida u ko‘plab avtomobil ixlosmandlari uchun ishonchli va qulay avtomobil bo‘lib xalq avtomobiliga aylanib ulgurdi. U avtomobil bozorida o‘z o‘rni hamda mavqeini mustahkamlab, xalq qalbidan munosib oʻrin oldi. Barcha mijozlarimiz va hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Soʻnggi yangiliklar bilan batafsil tanishish uchun kompaniyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Back to Top