Bahodir G‘aniyev — ta’limni inqirozga eltgan sabablar, adolatsiz test tizimi va “Kamolot” haqida
Bu yil oliy ta’limda o‘qishni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyentning 550 ming nafari (51,2 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmadi.
Bu ko‘rsatkich bugun ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar ko‘p muhokama qilinyapti, jamoatchilik hayratiga sabab bo‘lyaptiki, ochig‘i, bu bizni biroz hayron qoldirdi.
Demak, shu paytgacha ta’limning haqiqiy ahvoli, uning “botgan botqog‘i” yo bo‘lmasa, maktabda o‘qiyotgan, uni bitirayotgan o‘quvchilarning aksari hatto bir bet matnni to‘g‘ri yozib berish malakasiga ega bo‘lmay chiqayotgani ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgan, shekilli.
muxbiri maktab ta’limiga oid mavzular yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar bo‘yicha konsultant Bahodir G‘aniyev bilan suhbatlashdi.
00:00 Tizer
01:07 Kirish
02:21 Kirish test sinovlarida abitureyntlarning “dahshatli” natijasi Bahodir G’aniyevni hayratlantirdimi?
07:56 O’qituvchilar tayyorlash tizimi. Xatolik qayerda?
18