Печенье Гата/ Gata pechenyasi #zibakerypechenye #печеньегата

GATA PECHENYASI. Bugun Armancha Gata shirinligini pishiramiz. •Un 350gr •Sariyog’ 100gr •Shakar 50gr •Smetana 100gr •Tuxum 1 ta •Tuz •Razrixlitel Un va sariyog’ni yaxshilab aralashtiriladi, bir chimdim tuz, 1 choy qoshiqda razrixlitel, shakar qo’shiladi. Smetana va tuxum qo’shib yaxshilab hamir qoriladi va muzlatgichka 1 soatga tindirish uchun qo’yiladi. Hamir tahminan 2 mm qalinlikda yoyiladi va ichiga: •Sariyog’ 40gr •Shakar 50-60gr •Yong’oq-100 gr Rulet shaklida o’raladi va 2-3 sm qalinlikda kesiladi. Ustiga bitta tuxum sarig’i suriladi va 180C (o’rtacha issiqlikda) 35-40 daqiqa pishiriladi. Yoqimli ishtaxa!
Back to Top